O’zbek

Yovuzlikdan qo’rqmayman

O’zbekistonning Sharafli Xalqiga Salomlar

Emanuel Pastraysh

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidentligiga Mustaqil Nomzod

Uzoq yillar tomir otib kelayotgan moliya, ektraktizm va iste’molchilikning qora tarmoqlariga qarshi kurashib, davlatning haqiqiy baynalminallashuvi uchun Amerika Qo’shma Shtatlarining inqilobiy o’zgarishlarini olg’a surayotgan bir paytimizda, Osiyo diqqat markazimizga tushadi.

Osiyo haqida mulohaza yuritilganda, Markaziy Osiyoning yuqori tezlikdagi rivojlanish ko’rsatgichlari va yetakchilik salohiyati yaqqol ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, O’zbekiston o’zining qadimiy an’analari, sof madaniyati, insonlarning tabiat, daraxtlar, yaylovlar, tog’lar va daryolar bilan uyg’unligi bois qo’shni davlatlar orasida ajralib turadi.

Buyuk Ipak Yo’lini kelajakda tiklash haqida fikr borganda, O’zbekiston bu ulkan savdo yo’lining markazi sifatida gavdalanadi va zamonaviy Ipak Yo’li aslida boshqacha bo’lishi kerakligini isbotlaydi.

Buyuk Ipak Yo’li insonlarning yer yuzidagi faoliyatiga bog’liq yangi go’yalari, san’ati, musiqasi, adabiyoti va falsafasini yetkazib beradi va bularning barchasi istalgan millatda vujudga kelishi mumkin. O’zbekiston orqali o’tuvchi Ipak Yo’li Xitoydan to Yevropagacha cho’zilar ekan, bu yo’lda joylashgan millatlardagi beqiyos ma’naviy va madaniy boyliklarni yuzaga chiqaradi. Tarix esa buni allaqachon isbotlab ulgurgan. Qadimgi davrlarda musiqa va rassomlik aynan Markaziy Osiyoda vujudga kelib, Sharq va G’arbga tarqalgani hech kimga sir emas.

Taklif etilayotgan ushbu yangi Ipak Yo’li loyihasi yirik tashkilotlarning manfaati uchun O’zbekistonning minerallarini tashib ketish, serhosil yerlarini vayron qilish yoki qimmatli suv manbaalariga zarar yetkazishni maqsad qilmaydi.

Sizning sharafli mamlakatingizga kelishimizdan maqsad AQSHni qanday qilib yanada yuksaltirish va sofdil millatga aylantirish yo’llarini sizlardan o’rganishdir. Tuprog’ingizga zarar keltiruvchi ortiqcha isrofgarchiliksiz, ya’ni, elektr isrofi, plastik uyumlar, foydasiz magistral yo’llar va boshqa tabiatga xavf soluvchi harakatlarsiz birgalikda rivojlanishni xohlaymiz.

Shaxsan men siyosatga va siyosatchilarning yashirin maqsadli o’zaro o’yinlariga hech qanday qiziqishim ham moyilligim ham yo’q.

Insoniyat sivilizatsiyasi boshlangandan beri buyuk madaniyat markazlaridan biri bo’lib kelayotgan O’zbekistonning sharafli xalqiga murojaat qilmoqchimanki, buyuk va qadimiy shaharlar tashkil topgan ushbu o’lkada sizlar bilan hamkorlik qilishni xohlayman.

Hozirda noaniqliklar va tushunmovchiliklar avj olgan bir paytda, insoniylik nuqtai nazardan O’zbekistonga shuni yetkazmoqchimanki, “Kelinglar, hammasini boshidan boshlaylik. Birinchi Jahon Urushiga olib borgan inqiroz sababchisi bo’lgan va hozirda avj olayotgan korruptsiyadan qutilish yo’lini birga izlaylik”.

Oxirgi 20 yil ichida AQSH Markaziy Osiyo, xususan, Afg’oniston, Xitoy va Rossiya mamlakatlari bilan juda ko’plab mojarolar girdobida bo’ldi. Ayni shu pallalarda AQSH O’zbekistonning yordami va maslahatini so’rashga botina olmadi. Buning sababi esa, AQSHning o’jarligi va G’arbiy Manadiyatni ustun qo’yganligidadir.

Xalqaro yig’inlarda ishtirok etish uchun O’zbekiston AQSHdan yoki Yevropadan ruxsat so’rashi lozim bo’lgan kuchsiz davlatlardan emas. O’zbekiston avvaldan buyuk davlatlar qatorida bo’lishi kerak edi. Bunga shubha yo’q. O’zbekiston – ham iqtisodiy ham madaniy  jihatdan qudratli davlat.

Xalq va madaniyat negizi ostida xalqlarimiz o’rtasida ittifoq tuzishni xohlaymiz. Bu ittifoq bizni qurol savdosi, benzinga qaramlilik, millatlararo yirik korxonalar va sarmoya banklarining hukmronligi, yoki bo’lmasa koronavirusni vaj qilib bizni qo’llarimizni bog’layotgan tashkilotlardan xalos etishni ko’zda tutadi.

Shov-shuvga botgan va korruptsiyadan zaharlangan 2020-yilgi saylovoldi tashviqoti paytida, birgina nomzod bizning jamiyatimizga singib ketgan tanazzulni ilmiy aniqlik bilan to’xtatishga qadam qo’ydi. Emanuel Pastraysh shuni omma oldida ta’kidladiki, siyosiy partiyalarning jinoiy sindikatlarga aylanishi paytida mustaqil nomzodgina prezident lavozimida xizmat qilishi mumkin. U bizni passiv iste’molchilar emas, balki harakatga qodir fuqarolar ekanligimizni bir qator nutqlarida ochiqchasiga aytib o’tdi va millatimizni o’zgartirish uchun aniq rejalar taqdim etdi.

Pastraysh yaqqol kimnidir yoki qaysidir guruhni aybdor qilib ko’rsatmaydi, aksincha, Frederik Duglas va Avraam Linkolnlar kabi Konstitutsiya ruhiyatiga qaytish va allaqachonlar siyosiy guruhlar, soxta mutaxassislar, sarmoya banklar tomonidan  ko’mib tashlangan shaffof boshqaruvning etik asoslarini kashf etishga chaqiradi.

Emanuel Pastraysh 2020-yilda Qo’shma Shtatlar prezidentligi uchun mustaqil nomzod sifatida sahnaga chiqdi. U ko’plab nutqlar so’zladi, mamlakatda avj olib ketgan axloqiy buzuqliklardan aziyat chekayotgan Amerikalik hamyurtlari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Ularning faolligi va yordami orqali Qo’shma Shtatlar uchun ijobiy yo’nalish xaritasini tuzishni boshladi. Xavfli parazitlar tomonidan kuchaytirib borilayotgan daxshatli virusdek millatni bulg’ayotgan tinimsiz urushlar va xatarli iste’mol madaniyatidan qutilish choralarini taklif etib, yorqin kelajakga undab keldi.

Emanuel Pastraysh so’nggi yigirma yil ichida iqlim va bioxilma-xillikning qulashi, yangi texnologiyalarning insoniyat jamiyatiga katastrofik ta’siri, global qurollanish musobaqasi, boylikning bir guruh qo’lida to’planishiga qarshi diplomatiya va xavfsizlik sohasida oqilona Amerika siyosatining etakchi ovozi sifatida sahnaga chiqdi.

Pastraysh o’z asarlari va nutqlarida Franklin Ruzvelt va Adlay Stivensonlar olg’a surgan baynalmilallashuv an’analarini qayta tiklashga urinadi.

U o’tgan yil davomida korporatsiyalarga berilgan trillionlab mablag’larni qaytarilishini, Amazon va Feysbuk kabi konglomeratlarni tartibga solinadigan kooperativlar sifatida boshqarishni va qazilma yoqilg’ining aktivlarini zudlik bilan muzlatilishini va ularning egalari, ma’murlarini firibgarlik va xalqga iqlim o’zgarishlari haqida noto’g’ri ma’lumotlar berib kelayotgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.

Xitoy, yapon va koreys tillarida ravon so’zlay oladigan, Osiyo mutaxassisi bo’lmish Pastraysh 1998-yilda Urbana Shampeynda joylashgan Illinoys Universitetida professor lavozimida o’z karyerasini boshlagan. Hozirda u Vashington, Seul, Tokio va Xanoyda joylashgan diplomatiya, xavfsizlik va texnologiyalarga bag’ishlangan Osiyo Institutining Tahliliy Markazi prezidenti bo’lib ishlab kelmoq